Tramp namoyishlarni bostirishda gubernatorlardan qattiqqo‘lroq bo‘lishni talab qildi - OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp shtatlar gubernatorlari bilan yopiq formatda o‘tgan konferens-aloqa davomida ulardan mamlakatni qamrab olgan tartibsizliklarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishni talab qildi. Bu haqda ushbu suhbat audioyozuviga tayanib New York Times nashri xabar berdi.
“Siz ustun bo‘lishingiz kerak. Agar ustun bo‘lmasangiz, behuda vaqt yo‘qotmoqdasiz, ular sizni qamrab oladi, siz esa bir to‘da ahmoqlardek ko‘rinasiz”, deb aytgan Tramp.
U, shuningdek, gubernatorlardan tartibsizliklar vaqtida qo‘lga tushganlarga uzoq muddatli qamoq jazosi berishlarini talab qilgan.
AQSh prezidenti gubernatorlarni qora tanli erkak Jorj Floyd o‘limidan keyin mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlariga sust javob berayotganliklari uchun tanqid qilib kelmoqda. U gubernatorlardan milliy gvardiyani jalb qilishni va tartibsizliklarni kuch bilan bostirishni talab qilgan. Trampning bu boradagi imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, namoyishlarga javob berish bo‘yicha asosiy qarorlarni gubernatorlar qabul qiladi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024