Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Jair Bolsonaruga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Jair Bolsonaru koronavirus xavfli ekanligini inkor etib kelmoqda. U COVID-19ni "yengil gripp" deb atagan. Bundan tashqari, Braziliya shtatlarida cheklovlar joriy etgan gubernatorlarni bir necha marta tanqid qilgan.
Braziliyada mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruga qarshi ommaviy namoyishlar va uni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.
Bu Braziliyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Bolsonaruga qarshi o‘tkazilgan birinchi norozilik namoyishidir. Shu bilan bir vaqtda prezident tarafdorlari ham yig‘ilib, uni qo‘llab-quvvatlovchi aksiya o‘tkazdi. Bolsonaruning o‘zi ham tarafdorlari o‘tkazgan aksiyalarda bir necha marta qatnashgan.
San-Pauluda Jair Bolsonaruni qo‘llab-quvvatlash uchun 50ga yaqin kishi yig‘ildi, deb yozadi AFP. Ulardan o‘n kilometr narida esa minglab fuqarolar davlat rahbariga qarshi namoyish o‘tkazdi.
"Bolsonaru – hammaga qarshi: unga qora tanlilar ham, ayollar ham kerak emas. U faqat boylar haqida o‘ylaydi", - deya namoyishchilardan biridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Jair Bolsonaru koronavirus xavfli ekanligini inkor etib kelmoqda. U COVID-19ni "yengil gripp" deb atagan. Bundan tashqari, Braziliya shtatlarida cheklovlar joriy etgan gubernatorlarni bir necha marta tanqid qilgan.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 685,4 mingdan oshgan, 37,3 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025