Jahon | 07:24 / 08.06.2020
4091
1 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi mart oyidan beri ilk bor 43 dollardan oshdi

Londonning ICE birjasida Brent neftining narxi 1,7 foizga oshib, 43,02 dollarga yetdi.

AP Photo/Richard Drew

Oxirgi marta ushbu turdagi neft narxi 6 mart kuni 43 dollardan yuqori bo‘lgan.

WTI nefti narxi ham 1,7 foizga oshib, bir barreli uchun 40,22 dollarni tashkil qilgan.

6 iyunda OPeK+ yig‘ilishida neft qazib oluvchi davlatlar vakillari yana bir oy davomida – iyul oxirigacha tarixdagi eng katta ko‘lamli neft hajmini qisqartirishni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lishgan. 

Mavzuga oid