Rossiya O‘zbekiston bilan aviaqatnovni 15 iyuldan tiklashi mumkin
Dastlab 15ta mamlakatga parvozlar qayta tiklanishi mumkin. Parvozlar to‘g‘risida qaror davlatlar Rossiyadan aviareyslarni qabul qilishga rozilik berganidan keyin qabul qilinadi, yakuniy qaror esa «Rospotrebnadzor»ga bog‘liq bo‘ladi.
«Rosaviatsiya» «Rospotrebnadzor»ga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklash to‘g‘risida taklif yuboradi. Bu haqda RBK yirik aviakompaniyalardan biridagi manbaga asoslanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, birinchi bosqichda Rossiya 15 mamlakatga parvozlarni tiklaydi. RBK manbasining aytishicha, «Rosaviatsiya» birinchi bo‘lib Yevropa mamlakatlari, shu jumladan Turkiya, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya bilan chegaralarni ochish haqida taklif beradi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, barcha g‘oyalar koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab tomonidan muhokama qilinadi hamda «Rospotrebnadzor» asosiy qarorni qabul qiladi. Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, ushbu davlatlar bilan aviaqatnovni tiklash to‘g‘risida qaror davlatlarning Rossiyadan parvozlarni qabul qilishga rozi bo‘lishiga ham bog‘liq.
TASS ham aviaqatnovlar qisman ochilishi haqida ma'lumot berdi. Agentlikning manbaga tayangan holda ma'lum qilishicha, «Rosaviatsiya»ning takliflari yirik aviatashuvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda shakllantirilgan. U bosh vazir Mixail Mishustinning xalqaro havo qatnovini tiklash va sohani rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘idan keyin yuz berdi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, birinchi navbatda YeOII va MDH mamlakatlariga aviaparvozlar qayta boshlanishi mumkin.
Rossiya 27 martdan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi, bu koronavirus bilan kasallanish holatlari ortganidan so‘ng ro‘y berdi. Faqatgina chet elda qolgan Rossiya fuqarolarini vataniga qaytarish hamda hukumatning alohida topshiriqlari bo‘yicha parvozlar amalga oshirildi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024