Qozog‘istonlik sobiq xokkeychi AQShdagi shahar meriga aylandi
Qozog‘istonning “Baris” xokkey klubining sobiq o‘yinchisi Brendon Bochenski AQShdagi shahar meriga aylandi. Uning ta'kidlashicha, endi shaharliklarni yaxshi tomon o‘zgarishlar kutmoqda.
Qozog‘iston terma jamoasining sobiq sardori va Nur-Sultonning “Baris” klubi o‘yinchisi bo‘lgan Brendon Bochenski Shimoliy Dakota shtatidagi Grand-Forks shahri meri uchun saylovlarda g‘alaba qozondi. Unga saylovlarga kelganlarning deyarli yarmi ovoz bergan. Bu haqda Grand Forks Herald nashri xabar berdi.
38 yoshli Bochenski 49,62 foiz ovoz olgan. Shaharning amaldagi meri Mayk Braunga esa 31,81 foiz ovoz berilgan. Ta'kidlanishicha, Braun ushbu lavozimni oxirgi 20 yil davomida egallab kelgan.
Yangi mer birinchi navbatda koronavirus va uning iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashishini aytgan.
“5 oy davomida astoydil ishlaganingdan keyin bunday natijaga xursand bo‘lish kerak. Fikrimcha, shahar o‘zgarishlarga tayyor edi. Bu o‘zgarishlarning barchasi yaxshilikkadir”, deb ta'kidlab o‘tgan sobiq sportchi.
Bochenski AQShda tug‘ilib, Milliy xokkey ligasining bir nechta klubi uchun o‘ynagan. U 2010 yildan “Baris” uchun shayba surgan. Bochenski 2014 yilda Qozog‘iston fuqarosiga aylangan va 2016 yilgi jahon chempionatida Qozog‘iston sharafini himoyalagan. Sportchi o‘z faoliyatini 3 yil avval yakunlagan.
Mavzuga oid
21:21
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
16:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:46