Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda gaz to‘pponchasini qo‘llab, jarohat yetkazgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 07 iyun kuni soat 14:00da Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro H.P. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, S.R.ning yashash uyi oldida hech bir sababsiz «nega menga bunday qaraysan» deb oldiga borib, haqorat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u o‘zining bezorilik harakatlarini davom ettirib, yonida bo‘lgan «Makarov» ko‘rinishidagi «MR-654K Sal.4,5 mm» gaz to‘pponchasi qo‘llash bilan qo‘rqitib, qurol sifatida foydalanib, S.R.ga qarata bir necha marotaba o‘q uzib, uni o‘ng quloq sohasiga tan jarohati yetkazib, to‘pponchaning qo‘ndoq qismi bilan esa S.R.ning bosh sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan H.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida H.P., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi
11:20 / 26.03.2025
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi
15:33 / 12.03.2025