Jahon | 21:31 / 14.06.2020
15487
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning raqiblari uning 74 yoshlik tavallud kunida Obamani tabriklashmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 14 iyunda 74 yoshini qarshiladi. Biroq uning raqiblari prezident uchun bunday tantanali kunda uning dilini xira qilish maqsadida Twitter’da aksiya yo‘lga qo‘yib, sobiq prezident Barak Obamani tug‘ilgan kuni bilan tabriklashga tushib ketishgan. Vaholanki, Obama o‘z tavallud kunini 4 avgustda nishonlaydi.

Foto: The Sun

Obamaga tabriklar AQShda irqchilikka qarshi namoyishlar shiori #BlackLivesMatter’ga ishora qilgan holda #AllBirthdaysMatter (Barcha tug‘ilgan kunlar muhim) xeshtegi bilan e'lon qilinmoqda.

Ba'zilar o‘z tabriklarida Obama prezidentligi vaqtida yashash baxtiga muyassar bo‘lganlaridan xursandlik bildirishgan va sobiq prezidentni Trampdan farqli, hammaga mehribon bo‘lgan “millat otasi”ga qiyoslashgan. 

Mavzuga oid