Jahon | 14:59 / 18.06.2020
4751
1 daqiqa o‘qiladi

JSST Yevropada koronavirus yuqtirish holatlari ko‘payganini ma'lum qildi

Bir necha hafta davomida infeksiya holatlari kamayishi kuzatilganidan so‘ng Yevropa hududida yangi holatlar soni kuniga 17-20 mingtaga yetdi.

Foto: imago

Yevropadagi koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygan mamlakatlar soni uch baravarga – 6tadan 21taga oshdi, deb ma'lum qildi JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda COVID-19 epidemiyasi hali ham faol bosqichda. 

"Bir necha hafta davomida infeksiya holatlari kamayishi kuzatilganidan so‘ng Yevropa hududida yangi holatlar soni kuniga 17-20 mingtaga yetdi", - dedi Klyuge.

Klyugening aytishicha, Shimoliy Makedoniya, Armaniston, Ozarboyjon, O‘zbekiston va Isroilda koronavirus yuqtirish holatlari o‘sganligi kuzatilmoqda.

"Bir nechta mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari yuqorilashda davom etmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda COVID epidemiyasi hali ham faol bosqichda", - deb ta'kidladi u.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 2,2 mln holat qayd etilgan, 185 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid