Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi
Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi issiqlik magistral quvuridagi ta'mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘lidan o‘tgan magistral issiqlik quvurini kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari dasturi doirasida 19 iyundan 5 iyulga qadar ro‘y beradi.

Shu munosabat bilan Do‘rmon yo‘li ko‘chasining Ziyolilar va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasi oralig‘idagi yo‘lning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Mavzuga oid
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
11:37 / 22.04.2025