Jamiyat | 12:03 / 20.06.2020
22479
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi va 190-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty Images

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Unda fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlandi.

U 2019–2020 yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valutasini o‘tkazib kelgani, bitkoin oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid