Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi
Har bir abituriyent uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.
O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha, shuningdek, magistratura uchun mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida aytilishicha, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi.
Bunda har bir abituriyent uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi.
Mavzuga oid
16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024