Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sinfdoshlarning o‘zaro tortishuvi o‘lim bilan tugadi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 20 iyun kuni 28 yoshli S.E. sinfdoshining fotiha to‘yini o‘rtoqlari bilan birgalikda Jizzax shahridagi choyxonalarning birida nishonlab, u yerda spirtli ichimlik iste'mol qilishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular soat 23:00da mast holatda choyxonadan chiqib uylariga tarqalishayotgan vaqtida, S.E. sinfdoshi, 29 yoshli O.B. bilan o‘zaro tortishib qolib, uning bosh qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazib, 2020 yil 21 iyun kuni soat 01:00da uni yashash xonadoniga tashlab ketganligi oqibatida O.B. olgan tan jarohatlari bilan yashash xonadonida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, “marhum O.B.ning o‘limiga bosh miyaning shishib ketishi, bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi va yopiq miya jarohatlari sabab bo‘lgan”ligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.E. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025