Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada piyoda yurganda smartfonlardan foydalanish taqiqlandi
Yaponiyaning Yamato shahri ko‘chada va jamoat joylarida odamlarning smartfonlardan foydalanishini to‘xtatishga urinishni amalga oshirgan mamlakatdagi birinchi shahar bo‘ldi.
Shahar ko‘chalari bo‘ylab piyoda yurish vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi. Yangi qoida 1 iyuldan kuchga kiradi. U tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, qoidabuzarlarga nisbatan jazo qo‘llanishini nazarda tutmaydi.
Mahalliy rahbariyat shaharliklar ushbu talabning muhimligini teran anglab, unga to‘liq rioya qilishlariga umid qilmoqda.
Agar biror kishi piyoda ketayotganda smartfondan foydalanmoqchi bo‘lsa, buning uchun hech kimga xalaqit qilmaydigan biror joyda to‘xtashi kerak bo‘ladi.
Yaponiyalik olimlarning aniqlashicha, inson smartfondan foydalanayotganda uning ko‘rish burchagi qisqaradi va shu sababli harakatlanish vaqtida u boshqa piyodalar yoki avtomobillar bilan to‘qnashib ketishi mumkin.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025