O‘zbekiston | 14:33 / 02.07.2020
33921
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax shahriga kirish-chiqish qattiq nazoratga olindi

Jizzax shahar hokimining 2020 yil 1 iyuldagi №796-sonli qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi. 

«Sangzor.uz» nashri xabariga ko‘ra, shahar hududidagi 4ta mahallada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan.

«Shu munosabat bilan 2 iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. «Qaliya», «Bunyodkor», «Zilol» va «Madaniyat» mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida viloyatning Sharof Rashidov tumanida yashagan ikki kishi koronavirus tufayli vafot etgandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidan boshqa barcha hududlari, jumladan, Jizzax shahri ham «yashil» hudud sifatida belgilandi. 29 iyun kuni Jizzax viloyatida 5ta yangi holat (shundan 4tasi aholi orasida) qayd etildi. Shundan so‘ng viloyatning Do‘stlik va G‘allaorol tumanlarida karantin choralari kuchaytirildi.

Mavzuga oid