Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezosning boyligi 172 mlrd dollarga yetdi
May o‘rtalarida Comparisun kompaniyasi ekspertlari Bezos 2026 yilda dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Dunyoning eng badavlat kishisi, Amazon rahbari Jyeff Bezosning boyligi 172 mlrd dollarga yetdi.
Bloomberg agentligining qayd etishicha, bu biznesmen uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning avvalgi maksimum ko‘rsatkichi 167,7 mlrd dollar bo‘lib, 2018 yil sentyabrda qayd etilgandi.
Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi oshishi tufayli ko‘paydi: 1 iyul kungi savdolarda bir dona aksiya narxi 4,4 foizga o‘sib, 2878,7 dollarga teng bo‘ldi. Kompaniyaning 11 foiz aksiyasi Bezosga tegishli.

Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenziga Amazon kompaniyasining 4 foiz aksiyasi tegishli bo‘lib, Bloomberg uning boyligini 56,9 mlrd dollar deb baholadi.
May o‘rtalarida Comparisun kompaniyasi ekspertlari Bezos 2026 yilda dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Forbes Bezosning boyligini 166,3 mlrd dollar deb baholamoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025