Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy ko‘chasining O‘rdadan Chorsugacha bo‘lgan qismi ta'mirlanmoqda
Toshkent shahrida 6 iyul soat 08:00ga qadar Alisher Navoiy ko‘chasining Labzak ko‘chasidan Saqichmon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu jarayonda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.
«Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini tavsiya qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», – deyiladi rasmiy bildirishda.
Ma'lumot uchun, shu kunlarda Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda ham ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlar 22 iyulga qadar davom etishi xabar qilingan.
Shuningdek, Chilonzor tumanidagi Chilonzor ko‘chasining bir qismi 24 iyulgacha yopilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025