Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti pandemiyani zilzila va sunamiga qiyosladi
Avvalroq Jahon banki pandemiya jahon iqtisodiyotini chuqur turg‘unlikka tushirganini ma'lum qilgandi.
Koreya prezidenti Mun Chje In koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozni zilzila va sunamidan keyingi holatga qiyosladi. U bu haqda Xalqaro mehnat tashkilotining koronavirus pandemiyasining mehnat bozoriga ta'siri bo‘yicha global onlayn-sammitida aytdi.
"COVID-19 pandemiyasi butun dunyoga xuddi zilzila va undan keyin keladigan sunami kabi zarba berdi. Sayyoradagi har bir davlat kasallik tarqalishini nazoratga olishga va shu bilan birga ish o‘rinlarini saqlab qolishga urinmoqda", - dedi Mun Chje In.
U ayni damda "mehnat bozori qachon va qanday tarzda barqarorlashishi borasida taxmin bildirish qiyinchiligini, COVID-19 butun sayyorani vayron qilishda davom etayotganligini" aytdi.
Avvalroq Jahon banki pandemiya jahon iqtisodiyotini chuqur turg‘unlikka tushirganini ma'lum qilgandi.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil sayyora iqtisodiyoti 5,2 foizga pasayadi. Bu raqam 2-Jahon urushidan keyingi eng jiddiy pasayish hisoblanadi. Aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining qisqarishi 1870 yildan keyingi davr ichida eng ko‘p davlatni qamrab oladi. Bu haqda Jahon bankining 2020 yil iyun oyi uchun e'lon qilgan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida so‘z yuritilgan.
Ichki talab va taklif, savdo va moliyaga ko‘rsatgan jiddiy ta'sirlar oqibatida rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda iqtisodiy faollik 7 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022