Jahon | 19:26 / 08.07.2020
22534
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir dori ma'qullandi

Foto: AGN «Moskva»

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi mo‘ljallangan «Koronavir» dori vositasini ma'qulladi.

Dori favipiravir asosida «R-FARM» kompaniyasi tomonidan tayyorlanadi.

25 iyunda savdodagi nomi «Areplivir» bo‘lgan dori vositasi ma'qullangandi. Uning xalqaro patentlanmagan yoki kimyoviy nomi «Favipiravir»dir. Dori «Promomed» kompaniyasi tomonidan tayyorlanadi. Ilgari bu preparat eboladan davolashda qo‘llanilgan.

30 may kuni Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi dori - “Avifavir” mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma'qullangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid