Jahon | 21:33 / 09.07.2020
23187
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng rivojlangan va qoloq shaharlari ma'lum qilindi

174ta shahar o‘rin olgan ro‘yxatga Markaziy Osiyodan faqat bitta shahar – Olmaota (Qozog‘iston, 128-o‘rin) kiritildi.

IESE biznes maktabining Cities in Motion Index (CIMI) hisobotiga ko‘ra, London, Nyu-York, Parij, Tokio, Reykyavik va Kopengagen dunyoning eng rivojlangan shaharlari deb topildi.

Ro‘yxatga shuningdek, Berlin, Amsterdam, Singapur, Hongkong, Tsyurix, Oslo, Chikago, Stokgolm, Vashington, Los-Anjyeles, Sidney, Vena, Seul va San-Fransisko kiritildi.

Karakas (Venesuela), Karachi, Lohur (Pokiston), Lagos (Nigeriya), Duala (Kamerun), Kolkata (Hindiston), Qohira (Misr), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni), Robot (Marokash) va Manila (Filippin) ro‘yxatning oxirgi satrlaridan joy oldi.

174ta shahar o‘rin olgan ro‘yxatga Markaziy Osiyodan faqat bitta shahar – Olmaota (Qozog‘iston, 128-o‘rin) kiritildi.

Reytingni tuzishda inson kapitali, ijtimoiy jipslik, iqtisodiy holat, ekologik holat, shaharni boshqarish tizimi, xalqaro ochiqlik, texnologiyalarning rivojlanganligi va boshqa jihatlar hisobga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid