Fan-texnika | 17:00 / 15.07.2020
8356
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mobiuz birinchi yarim yillikda 930 ta tayanch stansiyasini ishga tushirdi

Foto: Mobiuz

2020 yilning olti oyida kompaniya texnik rivojlanish va tarmoqlar modernizatsiyasiga 100 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirdi.

Mobiuz mobil operatori mazkur yilning birinchi yarmi natijalarini sarhisob qilmoqda. Bu davrda kompaniya asosiy e'tiborini respublika bo‘ylab 4G/3G tarmoqlarini kengaytirish va sig‘imini oshirishga qaratdi. E'tiborlisi, 3 oydan ko‘proq vaqt davomida ishlar koronavirus pandemiyasi sharoitida, barcha sanitar me'yorlar va talablarni bajargan holatda amalga oshirildi.

Mobiuz'ning 2019-2021 yillarda rivojlanish konsepsiyasi asosida mavjud tayanch stansiyalarini 4G/3G uskunalari bilan ta'minlash, eskirganlarini zamonaviylariga almashtirish, ma'lumotlar uzatish trafigini kengaytirish maqsadida transport tarmog‘ini modernizatsiya qilish, kanallar (CS) va paketlar (PS) kommutatsiyasini kengaytirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

2020-yilga rejalashtirilgan ishlar doirasida Mobiuz Texnik bo‘linmasi yarim yil ichida 930 ta tayanch stansiyasini ishga tushirdi. Bir kunda bir nechtadan boshlab o‘nlab stansiyalarni efirga yoqishga erishildi. Hattoki, 25-31 may kunlari, ya'ni bir hafta ichida kompaniya uchun rekord darajadagi 134 ta tayanch stansiyasi ishi yo‘lga qo‘yildi.

Umumiy ishga tushirilgan stansiyalarning 51 tasi – yangi joylashuvdagi stansiyalardir. Xususan, Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi Uzunko‘l, Jamansha, Shortanbay qishloqlarida, Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi Tagan va Qo‘shko‘pir tumanidagi Xayrobod qishloqlarida, Surxondaryoning Angor tumanidagi Tallashkon mahallasi va boshqa joylarda aloqa va internet sifati avvalgiga qaraganda ancha yaxshilandi.

Shu yilning aprel-may oylarida Mobiuz texnik jamoasi tabiat injiqliklari tufayli yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha faoliyat olib bordi. Kuchli shamol tufayli Buxoro viloyatining Olot va Korako‘l tumanlaridagi aloqa obektlari zarar ko‘rgan bo‘lsa, Sardobadagi toshqin oqibatida Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod kabi tumanlaridagi bir qator tayanch stansiyalari ishdan chiqdi. Kompaniyaning texnik jamoasi 24/7 rejimida ularni tiklash ishlarini amalga oshirdi. Natijada barcha obektlar ishi bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yildi.

«Mobiuz abonentlari mobil internetdan faol foydalanishadi. Ular yangi texnik yechimlar va mobil aloqa tarmoqlari imkoniyatlarini tez o‘zlashtirishadi. Ma'lumotlar uzatish xizmatiga katta talab borligi tanlagan yo‘limiz to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda, ya'ni yangi texnik obektlarni ishga tushirib kelyapmiz, mavjudlarini yangilayapmiz, internetdan foydalanish qulay va oson bo‘lishiga harakat qilyapmiz,» - deya ta'kidladi Mobiuz'ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

  Tanlangan strategiyadan kelib chiqqan holda kompaniya ikkinchi yarim yil ichida yana kamida 200 ta tayanch stansiyasini ishga tushirishni, barcha mavjud obektlarni 4G LTE tarmog‘iga o‘tish uchun ishlarni yakunlashni rejalashtirmoqda. Transport tarmog‘iga ham alohida e'tibor qaratiladi, xususan, 8 ta xizmat ko‘rsatish markazlaridagi 340 ta uskunalarda rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Bir qator chuqur ixtisoslashtirilgan ishlarni ham amalga oshirish kutilmoqda.

Mobiuz mobil operatorining yangiliklari va rivojlanish istiqbollari haqida ma'lumotlarni www.mobi.uz saytida hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida kuzatib borishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid