Jahon | 16:14 / 17.07.2020
13549
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda koronavirus va zotiljam bo‘yicha statistika birlashtiriladi

Avvalroq Qirg‘izistonda Covid-19 va zotiljamga oid alohida yuritilayotgan statistika birlashtirilganligi xabar qilingandi. 

Foto: VVS

 Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus va zotiljam bo‘yicha statistika birlashtiradi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy ma'lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 avgustdan yangi statistikaga to‘liq o‘tiladi.

«Laborator tasdiqlangan COVID-19 holatlari PZR-testi manfiy chiqqan, ammo koronavirusning klinik va epidemiologik alomatlariga ega holatlar bilan birlashtiriladi», - dedi u.

 Vazirning ma'lumot berishicha, Qozog‘istonda 1 yanvardan 15 iyulgacha 3327 kishi vafot etgan. 

 Shuningdek, ushbu davr mobaynida mamlakatda 234187ta zotiljam bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

Koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni esa 66,8 mingdan oshgan, 464 kishi vafot etgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda Covid-19 va zotiljamga oid alohida yuritilayotgan statistika birlashtirilganligi xabar qilingandi. 

 Statistika birlashtirilishi natijasida Covid-19 yuqtirganlar soni 23 783 nafarga, zotiljam hisobga olinganda Covid-19’dan vafot etganlar soni 785 nafarga yetdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid