Jahongir Ortiqxo‘jayev TTA klinikasida koronavirusdan davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 18 iyul kuni o‘rinbosarlari bilan birga Toshkent tibbiyot akademiyasining shifoxonasida bo‘lib, koronavirusdan davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.
Shahar hokimligi taqdim etgan videodan ma'lum bo‘lishicha, Ortiqxo‘jayev shifoxonaning jonlantirish va boshqa bo‘limlarida davolanayotganlarga shifo tilab, ularning sog‘ayishi uchun barcha choralar ko‘rilishini aytgan.
Hokim muassasadagi sharoitlar, moddiy-texnik baza va dorilar ta'minoti bilan ham tanishgan, mutasaddilarga hokimlik doim yordamga tayyorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev 16 iyul kuni shahar 1-son klinik shifoxonasi va tez tibbiy yordam xizmati dispetcherlik markaziga borgan edi.
Undan bir kun oldin, 15 iyulda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga qarshi kurashning holatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi
17:29 / 08.02.2024
Minerva City’ni qurishga ajratilgan yer shahar hokimligi balansiga qaytarildi - Yangihayot tumani hokimi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:35 / 05.02.2024