Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xuddi kinolardagidek. Suratlarda kimsasiz Qashqadaryo
13 iyul kuni Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jamoat transporti harakati butunlay to‘xtatilgan edi. Shuningdek, viloyat maxsus komissiyasining qarori bilan shu sanadan shanba va yakshanba kunlari butun sutka davomida viloyat bo‘ylab harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatilgan.
Dam olish kunlari faqat maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar hamda maxsus ruxsatnomasiz yurish huquqiga ega bo‘lgan avtomashnalargagina harakatlanish huquq berilgan. Bugun Qashqadaryoning gavjum shaharlari Qarshi va Shahrisabz ko‘chalari bo‘m-bo‘sh ekanini kuzatish mumkin.
Boshqa tuman va shaharlarda ham shu kabi holatga guvoh bo‘lasiz. Jumladan, Dehqonobod tumani markaziy ko‘chalari shu kunlarda mana bunday ko‘rinishda:





Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmati holatni quyidagicha tasvirlaydi: «Kimsasiz shaharni odatda kinolarda ko‘rardik. Ekran ortida o‘tirib, tomoshadan hayratlanardik... Taassufki, pandemiya sabab bugun nafaqat Dehqonobod tumani markazi, respublika shaharlari ham odamlarsiz, yolg‘iz qoldi. Ayniqsa, kuchaytirilgan karantin va o‘zini yakkalash tartibi bois, bugun shovqin-suronli ko‘chalarimiz sukunatga cho‘mgan.
Ammo bu vaqtinchalik, albatta. Tez orada bu ko‘chalar yana avtomobillarga to‘ladi. Yurishga yo‘l topolmay qiynalamiz. Ishoning, tez orada ushbu ko‘chalar bolalar kulgisi-yu, avtomobillar shovqiniga to‘lib-toshadi».
Qashqadaryo viloyati hokimi transport vositalari qat'iy cheklovidan bir kun oldin aholiga murojaatida mazkur cheklovlar kiritilishiga izoh bergandi: «Xo‘sh, nega ushbu cheklash joriy etilmoqda? Keyingi paytlarda karantin qoidalariga zid ravishda bitta mashinada 5 kishi, niqobsiz harakatlanishi hollari ko‘paydi. Qarshi shahrida tungi vaqtlarda kimo‘zarga poyga qilayotganlar paydo bo‘ldi. Avtobuslarda yo‘lovchi tashish qoidalari mutlaqo bajarilmadi.
Taksi haydovchilari bilan alohida gaplashgandik, ularga qator talablar qo‘yilgandi. Ma'lum bir muddatdan keyin yana o‘sha ahvol. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimanki, agar ushbu talablarga rioya etilmasa, umuman yo‘nalishsiz taksilar harakatini to‘xtatishga majbur bo‘lamiz!», degan edi Zoyir Mirzayev.






Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025