Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda tibbiyot hamshiralari maoshlari oshirilishini talab qilib ish tashladi
Ko‘plab tibbiyot xodimlari karantinda bo‘lganligi sababli qolganlar ikki baravar yuklama bilan ishlamoqda.
Isroilda mehnat haqi oshirilishini talab qilgan tibbiyot hamshiralarining ish tashlashi boshlandi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, aksariyat hamshiralar koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ishga jo‘natilgan. Shuningdek, ko‘plab tibbiyot xodimlari karantinda bo‘lganligi sababli qolganlar ikki baravar yuklama bilan ishlamoqda.
Ish tashlash vaqtida kasalxonalarning koronavirus bo‘limlarigina ishlaydi, shuningdek, bemorlarga tezkor yordam beruvchi navbatchi hamshiralar ham ishda bo‘ladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Isroilda koronavirus yuqtirganlar soni 50 mingdan oshgan, 21 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketgan. Vafot etganlar soni 400dan oshgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025