Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaga sayohat qiluvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar ma'lum bo‘ldi
Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan yo‘lovchilar samolyot borti va aeroportlarda niqob taqishi shart bo‘ladi, deb xabar berdi Lonelyplanet.
Niqob yo‘q – parvoz yo‘q. Yevropa Ittifoqi mulozimlari shunday qarorga kelishdi.
Germaniya transport vaziri Andreas Shoyyer so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoqning turli mamlakatlari vakillari yagona standartlar haqida kelishuvga erishishdi. Endi uni vazirlar ma'qullashi lozim.
«Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanmoqda. Shu tufayli, niqob taqish barcha yo‘lovchilar uchun majburiy bo‘ladi. Bu «nafas etiketi» deb nomlanadi», - dedi Shoyyer.
Shuningdek, mulozimlar aviakompaniyalar samolyotlarni tez-tez dezinfeksiya qilib borishi va yo‘lovchilar o‘rtasidagi xavfsiz masofani ta'minlaydigan yo‘riqnomalarga amal qilishi lozimligi haqidagi fikrda ham yakdil bo‘lishdi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025