Jahon | 23:00 / 04.08.2020
71573
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Bayrutdagi portlash oqibatlari

Livan poytaxti Bayrut shahrining port joylashgan hududida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida yuzlab kishilar jabrlandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hassan mahalliy televideniye efirida portlash kuchi shaharning katta qismidagi binolarga ta'sir ko‘rsatgani, «juda ko‘p odam jarohatlangani» haqida gapirgan. Reuters manbasi ma'lumotiga ko‘ra, kamida 10 kishi portlash qurboni bo‘lgan.

Foto: Reuters

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid