Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
Isroil noyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirganidan keyin birinchi marta Livanga kuchli havo hujumlari seriyasini amalga oshirdi. Bunga ushbu mamlakat hududidan Isroilga bir nechta raketa uchirilgani sabab qilib keltirilgan.
Isroil qo‘mondonligi Livan janubidagi «Hizbulloh» harakatining o‘nlab uchirish moslamalari va qo‘mondonlik markaziga zarba berilganini ma’lum qilgan.
Livan sog‘liqni saqlash vazirligi zarbalar oqibatida ikki kishi, jumladan, bir bola halok bo‘lgani va yana sakkiz kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Livan armiyasi mamlakat janubida «uchta primitiv uchirish moslamasi» ishdan chiqarilganini ma’lum qilgan. Livan mudofaa vaziri surishtiruv ishlari boshlangani haqida xabar bergan.
Isroil armiyasi mamlakat shimolidagi Metula shahrida uchta raketa to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Livandagi eng yirik qurolli guruhlardan biri «Hizbulloh» Isroilni raketalar bilan o‘qqa tutganini rad etmoqda. Tashkilot vakillarining so‘zlariga ko‘ra, guruh 14 oy davom etgan to‘qnashuvlardan so‘ng Livanga nisbatan tinchlik olib kelgan sulhga sodiq qolmoqda.
Isroilning zarbalari AQSh va Fransiya vositachiligida tomonlar sulh tuzishga erishganidan keyingi eng jiddiy keskinlashuv bo‘lmoqda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Livan armiyasi qurolli guruhlarning Isroilga hujumlarining oldini olish uchun mamlakat janubiga qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishi kerak.
«Hizbulloh» o‘z jangarilarini qurollari bilan birga shimolga olib ketishga, Isroil esa Livan hududida urush boshlanganidan beri egallab turgan pozitsiyalaridan qo‘shinlarini olib chiqishga va’da bergandi.
Livan bo‘ylab zarbalar Isroil Hamas bilan sulhni bekor qilib, G‘azo sektoridagi amaliyotni tiklaganidan bir necha kun o‘tib yo‘llandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025