Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda senatga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi
12 avgustda Qozog‘istonda parlamentning yuqori palatasi – Senatning vakolatlari tugayotgan 17 a'zosi o‘rnini egallaydigan a'zolari saylovi bo‘lib o‘tadi. Senatdagi 17 o‘ringa 46 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Saylovlarda mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari qatnashadi.
Qozog‘iston senatida umumiy hisobda 49 o‘rin bor bo‘lib, ularga mamlakatning 17 ta hududidan 2 nafardan deputat saylanadi. Shuningdek, 15 deputat senatda milliy-madaniy turfa xillikni ta'minlash maqsadida prezident tomonidan tayinlanadi. Senatorlar vakolatlari muddati 6 yilni tashkil qiladi. Ulardan yarmi har 3 yilda qayta saylanadi.
2020 yil 15 oktyabrda senatning hududlardan saylangan 17 a'zosi vakolatlari tugaydi va shu sabab navbatdagi saylovni o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan. Saylov natijalari markaziy saylov komissiyasi tomonidan 7 kun ichida e'lon qilinadi.
Senatorlikka Sharqiy Qozog‘iston oblastidan 4 nomzod, Oqmola, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Qizilo‘rda va Pavlodar oblastlaridan, Nur-Sulton, Olmaota va Chimkent shaharlaridan 3 nafardan nomzod, qolgan hududlardan esa 2 nafardan nomzod da'vogarlik qilmoqda.
Avvalgi shunday saylovlar respublikada 2017 yil 28 iyunida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda 16 deputat saylangan, chunki Chimkentga republika ahamiyatiga molik shahar maqomi bir yildan keyin berilgan.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi
14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
16:31 / 30.04.2025