Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alimentchi ota mashinasi xatlangach, qarzining katta qismini birdaniga to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Kun.uz’ga xabar berishicha, kosonlik aliment to‘lovchi N.J. 2 nafar farzandiga 5 oydan buyon aliment pulini to‘lamasdan kelgan. MIB Koson tumani davlat ijrochilari tomonidan uning GENTRA avtomobili xatlab olingach, ota alimentning birdaniga 2 million so‘mini to‘lab bergan.
Majburiy ijro byurosi axborot xizmatiga ko‘ra, kosonlik aliment to‘lovchi N.J. 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun 5 oydan buyon aliment pulini to‘lamasdan kelgan. Ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdorlik bartaraf etilmagandan so‘ng qarzdorning boshqaruvidagi GENTRA avtomobili Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan xatlab olinadi.
«Kecha, 13 avgust kuni N.J. mashinasi xatlab olingan zahotiyoq 2 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi. Bundan tashqari, qarzdor IIB YHXBning 2ta ma'muriy jarimasini ham bir vaqtda to‘lagan. Alimentdan qolgan 1 million 400 ming qarzdorlikni to‘lash uchun davlat ijrochisi tomonidan muddat berilgan», deyiladi MIBning Kun.uz’ga bergan xabarda.
Majburiy ijro byurosi aliment to‘lovchilardan bugungi murakkab vaziyatda farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment to‘lovlarini kechiktirmaslik haqida eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
12:28 / 26.12.2024