Jahon | 12:02 / 18.08.2020
4333
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada va Irlandiya Belarus prezidentligi saylovlari natijasini tan olmaydi

Kanada va Irlandiya Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijasini tan olmaydi. Bu haqda ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirlarining bayonotlarida ma'lum qilingan.

Kanada tashqi ishlar vaziri Filipp Shampan 9 avgust kuni Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarini soxtalashtirilgan deb baholadi. Shuningdek, u Belarusda kuch ishlatar organlar vositasida norozilik namoyishlari bostirilishini qoraladi. U bu haqda o‘zining tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Irlandiya tashqi ishlar vaziri Saymon Kovni ham Belarusda inson huquqlari buzilishini qoralashini bildirdi. Bundan tashqari u Belarus Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongan deb e'lon qilingan rasmiy saylov natijalarini noqonuniy bo‘lgan deb hisoblashini ma'lum qilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid