Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi ochiladi
Vazirlar Mahkamasi 11.08.2020 yildagi «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-son qarorni qabul qildi.
Norma’ning yozishicha, quyidagilar litseyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- o‘quvchilarda xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, shuningdek milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
- o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
- notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek respublika Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash va b.
Hujjatda belgilanishicha:
- litsey Davlat xavfsizlik xizmati muassisligidagi davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi;
- qabul va o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
- litseyda o‘quv jarayoni davomiyligi 2 yil bo‘lib, yillik qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi;
- litsey Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga biriktiriladi.
Hujjat bilan litseyning tashkiliy-shtat tuzilmasi, litsey to‘g‘risidagi nizom, litsey faoliyatini tashkil qilish va uning o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», shuningdek uning infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Ta'lim davlat, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Litseyga kirish tartib-taomili dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjat 11.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi
09:09 / 08.01.2025
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi
17:11 / 16.12.2024