Jahon | 19:51 / 19.08.2020
20840
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Belarusdagi saylov natijalarini tan olmadi

Germaniya kansleri Angela Merkelning so‘zlariga ko‘ra, "Belarusdagi saylovlar g‘irrom va adolatsiz o‘tganiga shubha yo‘q".

Aleksandr Lukashenko / Foto: Reuters

Yevroittifoq Belarus hukumati tomonidan e'lon qilingan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmaydi, dedi Yevrokengash rahbari Sharl Mishel favqulodda videosammit yakunida.

Bundan tashqari, YeI "respublikadagi zo‘ravonliklar va saylovdagi soxtakorliklar uchun javobgar shaxslarga nisbatan" sanksiyalar kiritadi.

Mishel Minskni kuch ishlatmasdan inqirozdan chiqish yo‘lini topishga chaqirdi va YeI "hokimiyatning tinch yo‘l bilan berilishi"da ko‘maklashishini bildirdi.

Shuningdek, belarus xalqi uchun 53 million yevro ajratilishi e'lon qilindi.

Germaniya kansleri  Angela Merkel ham ana shunday bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Belarusdagi saylovlar g‘irrom va adolatsiz o‘tganiga shubha yo‘q".

Avvalroq Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevrokengashni respublikadagi saylov natijalarini tan olmaslikka chaqirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid