O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun turkiyalik mutaxassislar kelmoqda
Bugun, 27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish va tajriba almashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Turkiyalik shifokorlar tashrif davomida yurtimiz shifokorlari bilan birgalikda yurtimizning qator hududlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiyaning Rospotrebnadzor mutaxassislari guruhi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun kelgani xabar qilingandi.
Guruh umumiy hisobda 7 mutaxassisdan iborat bo‘lib, ular orasida epidemiolog, virusolog, infeksionistlar bor. Ular Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik Agentligi va uning bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda ish olib borishadi.
Rossiyalik mutaxassislar 23 avgustdan 5 sentyabrgacha koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha konsultativ yordam beradilar.
Mavzuga oid
11:40
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
19:32 / 07.11.2024