O‘zbekiston | 12:54 / 28.08.2020
13535
2 daqiqa o‘qiladi

«Chorsu» savdo markazi boshlang‘ich narxi 30 mlrd so‘mga pasaytirildi

Obekt 303,5 mlrd so‘m miqdoridagi boshlang‘ich narxda E-ijro auksion elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgandi.

"Chorsu" savdo markazi boshlang‘ich narxi o‘n foiz (30,35 mlrd so‘m)ga pasaytirilgan holda 273,15 mlrd so‘m narxda E-Auksion savdo maydonchasiga qayta qo‘yildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, obektni balansda saqlovchi "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK ta'sischiligidagi "Toshkent savdo markazi" MChJ bo‘lib, obekt manzili - Toshkent shahar Shayxontohur tumani Chorsu maydoni 3a-uy.

Egallagan maydoni (ga) - 3,9287, shu jumladan qurilish maydoni (kv. m) - 40 704.
Faoliyat turi - savdo do‘konlarini ijara berish.

Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 7 maydagi 115-P-son buyrug‘i, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining 2020 yil 25 avgustdagi 01-02/1-1504-sonli yig‘ilishi bayoni, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 26 avgustdagi 181-P-son buyrug‘iga asosan obekt boshlang‘ich narxini o‘n foiz (30,35 mlrd so‘m)ga pasaytirgan holda 273,15 mlrd so‘m narxda E-ijro auksion elektron savdo maydonchasiga qayta savdoga chiqarilishi belgilangan.

Mavzuga oid