O‘zbekiston | 00:44 / 30.08.2020
57469
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus: Kasallik yuqtirish holatlari kamayib, sog‘ayishlar soni oshmoqda

O‘tgan kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 412 nafar bemor sog‘aydi.

29 avgust kuni O‘zbekistonda 337 holatda kasallik qayd etildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qayd etilishicha, barcha holatlar tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E'tiborli jihati, o‘tgan kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 412 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 160 nafar bemordan 38 359 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2492 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda, deyiladi SSV xabarida.

Mavzuga oid