Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maysak» to‘foni Yaponiyada haroratning rekord darajada isishiga olib keldi
“Maysak” to‘foni Yaponiyada yuqori darajadagi issiq harorat keltirib chiqardi. NHK telekanalining xabar berishicha, 3 sentyabrda Xonsyu orolidagi Niigata prefekturasida harorat rekordi qayd qilindi.
Prefekturadagi Sandzyo shahrida harorat 40,4 darajagacha isigan. Mahalliy metereologlarning ta'kidlashicha, bungacha sentyabrda bunday yuqori haroratlar qayd qilinmagan. Ular buni Xitoy sharqiga yopirilgan “Maysak” superto‘foni bilan tushuntirishgan. To‘fon janubdan issiq havoni keltirgan va buning natijasida Yaponiya ustida issiq havo oqimlari yuzaga kelgan.
Bundan tashqari, Taynay shahrida (Niigata prefekturasi) harorat 40 darajagacha, Tsuruokada (Yamagata prefekturasi) 39,1 darajagacha, Vadzimada (Isikava prefekturasi) esa 38,6 darajagacha ko‘tarilgan. Yaponiyada namgarchilik darajasi yuqori bo‘lgani sababli bunday haroratlar og‘ir o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025