Toshkentda imtihonga telefon olib kirmoqchi bo‘lgan hamshira aniqlandi
Pandemiya sababli stadion va xiyobonlarda o‘tkazilayotgan kirish imtihonlari davom etmoqda. Test hududlari 2 sentyabrdan buyon gavjum. Kun.uz muxbiri 5 sentabr kuni «Paxtakor» stadioni va Milliy bog‘da o‘tkazilayotgan test jarayonlarini kuzatdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Milliy bog‘dagi imtihonga jalb etilgan hamshira telefon olib kirishga uringan.
Toshkent shahar IIBB vakili Lobar Rahmonovaning aytishicha, birinchi smena test jarayoniga kirish davomida 33-sonli oilaviy poliklinika hamshirasi tekshirilganda dori qutisida telefon apparati borligi aniqlangan. Unga nisbatan dalolatnoma tuzilib, test jarayonidan chetlatilgan.
Shuningdek, imtihonga kechikib kelgan abituriyentlar ham test jarayoniga kiritilmadi. DTM vakili Nizomiddin Ochilov holatga izoh berdi.
«Agar ikkinchi smena bo‘lsa, abituriyent soat 16:00ga qadar nazorat punktlariga pasporti va ruxsatnomasi bilan yetib kelishi kerak. Bu haqida abituriyent ruxsatnomasida ham eslatib o‘tilgan. Biz hozirgi pandemiya sharoitini hisobga olib, testga kiritish jarayonini 17:05gacha amalga oshirmoqdamiz. Undan so‘ng test sinovlariga maxsus video tasvirlari orqali o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lmagani uchun kechikkan abituriyentlarni test sinovlariga kiritolmaymiz», – dedi u.
Ma'lum qilinishicha, kechikkan abituriyentga ikkinchi bor imkoniyat berilmaydi. Bunday imkoniyat berilishi uchun rahbariyatdan tegishli ko‘rsatma bo‘lishi kerakligi aytildi. Yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan maxsus qaror asosida DTMga topshiriq berilsa, Davlat test markazi bu vazifani bajarishi mumkin.
Kechikkanlar uchun alohida test tashkillashtirish amaliyotda bo‘lganmi? Nizomiddin Ochilov bu savolimizga ha deya javob berdi.
«Amaliyotda bo‘lgan. Agar abituriyent ma'lum bir asosli sabablarga ko‘ra qatnasha olmasa, bunaqa abituriyentlarga test jarayonlarini tashkil qilganmiz. Ammo abituriyent o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmasa, ularga test jarayoni qayta tashkil qilinmaydi», – deydi DTM vakili.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024