Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sud binolariga maxsus terminallar o‘rnatiladi
Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar o‘rtasida ma'lumot almashinuvini yaxshilash mo‘ljallanmoqda.
Prezident “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan 2020 ― 2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi.
Fuqarolarga sud binosidan turib sudlar tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida sud binolariga maxsus terminallar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bunda terminal parametrlarini tasdiqlash, tanlov savdosini o‘tkazish va shartnoma tuzish hamda uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Bajarish muddati - 2021 yil 1 iyul, 2021 yil 31 dekabr va 2022 yil 1 iyul. Baholangan qiymati (mln so‘m) - 6000,0. Moliyalashtirish manbasi - davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, xorijiy hamkorlar mablag‘lari. Mas'ul tashkilotlar - Oliy sud (B. Isakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov).
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025