Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda Apple Watch soatlari bilan shug‘ullanuvchilarga pul to‘lanadi
Singapur hukumati va Apple kompaniyasi sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma loyihani yo‘lga qo‘yishini e'lon qildi. LumiHealth deb nomlangan tashabbus oktyabrda start oladi va 2 yil davom etadi.
Singapurliklar LumiHealth dasturini o‘zlarining iPhone telefonlari va Apple Watch soatlariga o‘rnatib, o‘zlarining jinsi, yoshi va vazniga qarab belgilanadigan jismoniy mashqlarni bajarishadi. LumiHealth foydalanuvchilari suzish, yugurish bilan shug‘ullanib, 380 Singapur dollari (280 dollar) ishlab olishlari mumkin. Bundan tashqari, dastur shifokor huzuriga borish yoki emlanish haqida eslatmalar, sog‘lom ovqatlanish va uyquni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berib turadi.
Apple’da ta'kidlanishicha, dasturda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi, ular marketing maqsadlarida sotilmaydi yoki qo‘llanmaydi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
17:43 / 22.03.2025
Apple buklanuvchan va ikki ekranli Apple Watch uchun patent oldi
21:22 / 07.03.2025