Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investor va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasidagi muammo yuzasidan sud ishi boshlandi
22 sentabr kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudida Kun.uz saytida yoritilgan muammo bo‘yicha sud eshituvlari boshlanadi.
Shu yilning 8 sentabr kuni Kun.uz «Poytaxt hokimligi qo‘shma korxona faoliyatiga sun'iy to‘siq qo‘ymoqda. Investorning aybi nimada?» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilgan edi.
Unda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, BAA va Qozog‘iston tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan «Regent Corp» QK bilan Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida anglashilmovchilik vujudga kelgani, hokimlik zimmasidagi majburiyatni bajarmaganligi, shu bilan birga, investorni asossiz ayblayotgani, muammo hal etilmasa, bir necha milliard so‘mlik investitsiya loyihasi barbod bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi.
Shundan so‘ng, Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur maqolaga munosabat bildirilgan bo‘lib, ushbu ish Ma'muriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgani ta'kidlangan edi.
Unda jumladan, «...mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kiritilayotgan investitsiya va investorlarning ahamiyati katta. Ammo barcha jarayonlar qonunchilikka muvofiq amalga oshsa, hech kimning huquqi poymol bo‘lmaydi, iqtisodiy zarar ham ko‘rilmaydi.
Ayni paytda bu ish Ma'muriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda», - deyiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025