O‘zbekiston | 12:18 / 25.09.2020
5806
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Italiyadan 1,3 mln dollarlik mebel mahsulotlari import qildi

Bu yil O‘zbekiston 46ta xorijiy davlatdan mebel mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 57,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,9 mln. AQSh dollariga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Koreya (26,6 mln.), Xitoy (8,6 mln.), Turkiya (8,6 mln.), Rossiya (4,1 mln.), Litva (1,6 mln.), va 1,5 mln. AQSh dollari bilan Ukraina hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 46ta (o‘tgan yilning shu davrida 51ta) xorijiy davlatdan mebel mahsulotlarini import qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid