Fan-texnika | 22:27 / 29.09.2020
5009
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya 5G tarmoqlari bozorida Huawei o‘rnini Nokia egallaydigan bo‘ldi

Iyul oyida Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi mobil aloqa operatorlari yil oxiriga qadar Huawei kompaniyasidan qurilmalar sotib olishni to‘xtatishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Foto: Getty Images

Nokia Corp 5G tarmoqlari uchun qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha Britaniyaning eng yirik mobil aloqa operatori BT Group Plc bilan kelishuvga erishdi.

Nokia kompaniyasi kelishuv doirasida BT’ning butun Buyuk Britaniyadagi bazaviy stansiyalariga qurilmalar yetkazib beradi.

Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Hozirda Nokia BT’ning London, Midlend va ayrim qishloq hududlaridagi tarmoqlarini ta'minlab kelmoqda, ammo endilikda uning ta'siri kengayadi.

Iyul oyida Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi mobil aloqa operatorlari yil oxiriga qadar Huawei kompaniyasidan qurilmalar sotib olishni to‘xtatishi, 2027 yilga kelib esa ushbu kompaniya qurilmalari 5G tarmoqlaridan butunlay olib tashlanishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Milliy xavfsizlik maqsadida qabul qilingan mazkur qaror BT va Huawei kompaniyalarining 2005 yildan buyon davom etib kelayotgan munosabatlariga nuqta qo‘ydi, deya qayd etadi "Bi-bi-si".

Mavzuga oid