Namanganda ishchi elektr toki urishi oqibatida vafot etdi
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yil 25 sentabr kuni Yangiqo‘rg‘on tuman shifoxonasidan xabar tushgan, deb yozmoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.
Unga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi MChJda tumanda joylashgan Vodiy MFY Ipakchi ko‘chasida ta'mirlash ishlari bo‘layotgan ko‘p qavatli uyda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida, shu kuni soat 16:00larda ushbu joyda yollanma ishchi sifatida ishlayotgan, Uychi tumanida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro elektr toki urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Yangiqo‘rg‘on tuman STEBning xulosasida marhumda elektr travma, o‘ng qo‘l chap kafti uchi yuzasi elektr tamg‘a ko‘rinishidagi jarohatlar uning o‘limiga olib keluvchi jarohatlar ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:10
3,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
15:54 / 22.11.2024
2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi
07:46 / 21.11.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:51 / 20.11.2024