Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Nexia avtomashinasini sotib olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida 2020 yil 3 fevral kuni fuqaro I.B. Qo‘qon ko‘chasida tanishi X.A.ning ishonchiga kirib, 9800 AQSh dollari evaziga Nexia rusumli avtomashinasini sotib olishga kelishgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, I.B. 3000 AQSh dollari pullarini berib avtomashinani olib ketib, qolgan 6000 AQSh dollar pullarini olib kelib berishini aytib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.B.ga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025