Yangi Zelandiya koronavirus ustidan ikkinchi marta g‘alaba qozondi
Yangi Zelandiyaning eng yirik shahri Oklendda koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan keyin karantin choralari yumshatilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ma'lum qildi.
“Oklend va Yangi Zelandiya aholisi ikki marta natija bergan rejaga amal qildi va yana ushbu virus ustidan g‘alaba qozondi”, deb aytgan Ardern.
Bosh vazir Oklend aholisini avgustda kiritilgan ikkinchi karantinning tugashi bilan tabrikladi. Endi shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, Ardern koronavirus tarqalishi nazorat ostiga olingan bo‘lsa-da, aholini hushyor bo‘lishga chaqirgan.
Avvalroq, aprelda Yangi Zelandiyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmay qo‘ygach, mamlakat koronavirusni yenggani e'lon qilingandi. Biroq avgustdan mamlakatning eng yirik shahri Oklendda koronavirus tarqalishi qaytadan avj ola boshlagan.
Mavzuga oid
19:28 / 27.11.2024
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi
23:51 / 26.11.2024
Yangi Zelandiyada sohilga chiqib qolgan 30 dan ortiq qora delfin qutqarildi
00:15 / 23.11.2024
Yangi Zelandiyada ko‘kyo‘tal epidemiyasi e’lon qilindi
16:53 / 20.11.2024