O‘zbekiston | 13:17 / 08.10.2020
48421
2 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan jismoniy shaxslarning taksichilik qilishiga ruxsat berilishi mumkin

Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Mamlakatda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, shu jumladan, tartibga solish va ma'muriy yukni kamaytirish, tartib-taomillarni avtomatlashtirish va soliq qonunchiligiga rioya qilish tartibini soddalashtirish maqsad qilingan.

Belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bunda o‘zini o‘zi band etuvchi shaxslar yengil avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to‘lash bilan bir qatorda jismoniy shaxslardan daromad solig‘i belgilangan to‘lov stavka bo‘yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi.

Mavzuga oid