Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti bosh vazirning iste'fosini qabul qilmadi
Avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov va parlament spikeri Doston Jumabekov iste'fo bergandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat bosh vaziri Kubatbek Boronovning iste'fosini qabul qilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva ma'lum qildi.
"Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Kubatbek Boronovning iste'fosini qabul qilmadi", - dedi u.
Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni parlament saylovlari o‘tkazildi. 5 oktabr kuni dastlabki natijalar e'lon qilinishi ortidan muxolif partiyalar tarafdorlari saylov natijalarini bekor qilish talabi bilan miting boshladi. Kun oxirida namoyishchilar parlament binosi va prezident qarorgohi joylashgan Oq uy binosiga bostirib kirishdi. Keyinroq Bishkek shahridagi boshqa hukumat binolari ham egallab olindi, shuningdek, Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosiga bostirib kirgan namoyishchilar mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni ozod qilishdi.
Bu voqealar ortidan Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov va parlament spikeri Doston Jumabekov iste'fo berdi. Sobiq deputat, tartibsizliklar vaqtida koloniyadan ozod etilgan Sadir Japarov bosh vazir etib tayinlandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025