O‘zbekiston | 11:36 / 08.10.2020
12715
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 15 kishi tovuq go‘shtidan zaharlandi 

Joriy yilning 5 oktabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga 15 nafar shaxs “metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalardan zaharlanish” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Postda nashri xabariga ko‘ra, shu kuni soat 05:30larda Samarqand shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan O.T. xonadonida uy sharoitida tovuq go‘shtidan kabob taomini tayyorlagan. Shu taomdan o‘zi bilan birga yashovchi 10 nafar oila a'zolari: turmush o‘rtog‘i, farzandlari, onasi, kelinoyisi, jiyanlari va shu xonadonda qurilish ishlarini olib borayotgan besh nafar usta iste'mol qilishgan. 

Qayd etilishicha, birozdan so‘ng ular o‘zlarini yomon his qilishgach, tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolash ishlari olib borilgan. Hozirda tegishli soha xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid