Jahon | 09:03 / 08.10.2020
5588
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Oq uydagi ishiga qaytdi

Foto: Reuters

Koronavirusdan davolanishni davom ettirayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi ishiga qaytdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Brayan Morgenstern ma'lum qildi. Tramp “Delta” dovuli bilan bog‘liq vaziyat va iqtisodiyotni jonlantirish choralari bo‘yicha brifing o‘tkazgan.

“Men uchun “Delta” dovuli bo‘yicha brifing o‘tkazishdi va men Texas gubernatori Greg Ebbott va Luiziana gubernatori Jon Bel Edvards bilan suhbatlashdim”, deb o‘z ishiga qaytishiga izoh bergan Tramp.

Oq uyda Tramp infeksiya yuqtirmasligi kafolatlangani ta'kidlab o‘tilgan. 

Ta'kidlanishicha, Oq uyning Tramp ishchi xonasi - Oval kabineti joylashgan qanotida oxirgi soatlarda harbiy soqchilik qilmoqda. Bu esa prezident o‘z ish o‘rnida ekanini anglatadi.

Tramp 2 oktyabrda o‘zi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgan. U 3 kun shifoxonada o‘tkazgach, Oq uyga qaytgan.

7 oktyabrda Trampning shifokori prezident o‘zini yaxshi his qilayotgani, uning qonida koronavirusga qarshi antitanalar topilganini ma'lum qilgan. 

Biroq Trampning bunchalik tez ishga qaytishi AQShning ko‘plab OAVlarida xavotirlik uyg‘otgan. The Hill nashrining eslatib o‘tishicha, AQSh rasmiy idoralarining amaldagi tavsiyalariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar virusni boshqa odamlarga yuqtirmaslik uchun kamida 10 kun o‘zini yakkalashi lozim.

Mavzuga oid