Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Formula-1”: Lyuis Hemilton afsonaviy Shumaxerning rekordini takrorladi
“Mersedes” poygachisi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning Germaniyadagi Nyurburgring trassasida o‘tgan bosqichida g‘alaba qozondi. E'tiborlisi, britaniyalik poygachi “Formula-1”da yutilgan bosqichlar soni bo‘yicha afsonaviy poygachi, 7 karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning rekordini takrorladi.
Ayfel gran-prisidagi g‘alaba Hemilton uchun faoliyatidagi 91-g‘alaba bo‘ldi.
Poygada 2-o‘rinni “Red Bull” poygachisi Maks Ferstappen, 3-o‘rinni “Reno” vakili Daniel Rikkyardo egalladi.
Hemilton o‘zi uchun navbatdagi g‘alaba bilan yakunlagan poygadan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi.
“Biz poygani a'lo darajada boshladik. Shumaxer rekordini takrorlay olganimga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu men uchun katta sharaf. Men buni qadrlayman. Bu rekordga yetaman, deb o‘ylamagandim. Menga buni idrok qilish uchun vaqt kerak. Jamoam yuqori o‘rinlar sari kurashishim uchun o‘z ishini davom ettirmoqda”, deb aytgan Hemilton.
11 bosqichdan keyin poygada Hemilton 299 ochko bilan peshqadam bo‘lib qolmoqda. Yetakchi uchlikdan 160 ochko bilan Valtteri Bottas va 147 ochko bilan Maks Ferstappen ham joy olgan.
Poygada yana bir yodda qoladigan voqea bo‘ldi: Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer otasining rekordini takrorlagani uchun Hemiltonga afsonaviy poygachining shlemini sovg‘a qildi.
Championship leaders sharing a special moment 🤝#EifelGP 🇩🇪 #F1 pic.twitter.com/IDTXK1oKUp
— Formula 1 (@F1) October 11, 2020
Poyganing navbatdagi 12-bosqichi Portugaliyada 23-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022